G7 mamlakatlari Xitoyga qarshi global loyihani yo‘lga qo‘ymoqchi

Jahon 20:28 / 12.06.2021 13822

Britaniyada o‘tkazilgan sammitda «Katta yettilik» mamlakatlari rahbarlari Xitoyga qarshi turish maqsadida global tashabbusni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi, deb xabar berdi Oq uy matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, tashabbus «Dunyoni yaxshiroq ko‘rinishda tiklaymiz» — Build Back Better World (B3W) deb nomlanadi hamda Lotin Amerikasi va Karib havzasidan to Afrika va Hind-Tinch okeani mintaqasidagi davlatlarni qamrab oladi.

B3W Xitoyning «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusiga qarshi posangi vazifasini bajarishi kutilmoqda.

«Bir makon, bir yo‘l» — Xitoyning xalqaro tashabbusi bo‘lib, u Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrika mintaqasida joylashgan 60dan ortiq mamlakatlarni o‘zaro bog‘lovchi mavjud iqtisodiy yo‘laklarni yanada takomillashtirish hamda yangi transport va savdo yo‘llarini yaratishga qaratilgan. Ushbu hududdagi davlatlar jahon yalpi ichki mahsulotining 55 foizini, global energiya zaxiralarining 75 foizini o‘zida jamlagan.

Ko‘proq yangiliklar: