Bezos bilan birgalikda kosmosga parvoz qilish uchun chipta 28 million dollarga sotildi

Jahon 23:48 / 12.06.2021 7752

Amazon asoschisi Jyeff Bezos bilan kosmosga parvoz qilish uchun chipta kimoshdi savdosida 28 million dollarga sotildi. Kimoshdi savdosi Blue Origin kompaniyasi tomonidan o‘tkazildi.

«Chipta 107-raqamli xaridorga 28 million dollarga sotildi», — deb e'lon qildi auksion olib boruvchisi.

Hozircha kosmosga Amazon asoschisi va uning ukasi bilan birgalikda parvoz qiladigan insonning kimligi aytilmadi. 

Blue Origin kompaniyasi New Shepard kosmik kemasida parvoz qilish chiptasini may oyi boshlarida onlayn-auksionga qo‘ygandi.

Jyeff Bezos 20 iyul kuni ukasi va auksion g‘olibi bilan kosmosga parvoz qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: