Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlament Belarusni Tokio Olimpiadasidan chetlatishga chaqirdi

Foto: AP
Yevroparlament Ryanair samolyotining Minskda majburan qo‘ndirilishi bilan bog‘liq holda Belarusga moliyaviy ko‘makni rad etish va uni har qanday xalqaro tadbirlar, jumladan, Tokio Olimpiadasida qatnashishdan chetlatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi.
Tavsiyaviy xarakterga ega rezolyutsiyani 626 deputat qo‘llab-quvvatlagan, 16 deputat unga qarshi chiqqan, 36 deputat betaraf bo‘lgan.
Rezolyutsiya Minskda Ryanair aviakompaniyasi samolyotining majburan qo‘ndirilishi va uning bortida bo‘lgan belaruslik muxolifatchi Roman Protasevich va unga hamrohlik qilgan rossiyalik Sofiya Sapeganing hibsga olinishini keskin qoralaydi. Yevroparlament deputatlari samolyot qo‘ndirilishini «davlat terrorchiligi akti» deb atashgan.
Hujjatda Belarusga moliyaviy ko‘makni, mamlakat banklari uchun yangi kreditlar berishni rad etish va Belarus infratuzilmasi hamda iqtisodiyotiga sarmoyalar kiritishni to‘xtatish zarurligi aytilgan.
Shuningdek, Yevropa moliyaviy institutlari Belarus hukumati chiqargan qimmatbaho qog‘ozlar va boshqa moliyaviy aktivlarni sotib olishni taqiqlashi lozim.
Rezolyutsiyada Belarusni xalqaro tadbirlar, jumladan, sport o‘yinlaridan chetlatish talab etiladi. Yevroparlament deputatlari, shuningdek, UYeFAni Belarus davlat televideniyesini futbol bo‘yicha boshlanadigan Yevropa chempionatini namoyish qilish huquqidan mahrum etishga va ushbu huquqni «Belsat» mustaqil telekanaliga bepul berishga chaqirishgan.
Bundan tashqari, Yevroparlament Belarusning neft va neft mahsulotlari, po‘lat ishlab chiqarish va yog‘ochni qayta ishlash kabi muhim tarmoqlariga nisbatan iqtisodiy choralar ko‘rishni talab qilmoqda. Rezolyutsiyada Minsk Protasevich, Sapega va boshqa belaruslik siyosiy mahkumlarni darhol va hech qanday sharsiz ozod qilishga chaqirilgan.
Hujjatda, shuningdek, Ryanair samolyotining Minskda qo‘ndirilishiga aloqador barcha belaruslik jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritish taklif qilingan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrainadagi urushda 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi – BBC
Jahon | 15:14
-
Singapurliklar uchun O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslar tashkil etiladi
O‘zbekiston | 15:12
-
2030 yilgacha asfalt qilinmagan ichki yo‘l qolmaydi - Transport vaziri
O‘zbekiston | 15:04
-
Londondagi "Sautend" aeroporti samolyot falokatidan keyin yopildi
Jahon | 14:59
Mavzuga oid

09:16 / 12.07.2025
Yevroparlament Ursula fon der Lyayyenga ishonch bildirdi

07:52 / 11.07.2025
Yevroparlament Ukraina tinch aholisini qiynoqqa solganlarni jazolashga chaqirdi

13:07 / 03.07.2025
Yevroparlament Yevrokomissiyaga ishonch masalasi bo‘yicha ovoz beradi

14:57 / 12.06.2025