Toshkentda mini-futbol bo‘yicha DXX raisi kubogi o‘tkaziladi

O‘zbekiston 11:27 / 11.06.2021 2925

Joriy yil aprel oyidan boshlab, respublika bo‘ylab mini-futbol bo‘yicha DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari kubogi o‘tkazildi.

Unda 18-30 yosh oralig‘idagi yoshlardan iborat 7779 ta jamoa ishtirok etdi. Viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan eng kuchli 14 ta jamoa 12-15 iyun kunlari Toshkent shahridagi “Milliy” stadionida DXX Raisi kubogi uchun o‘zaro kuch sinashadi.

Birinchi o‘rinni egallagan jamoaga ular istiqomat qiladigan tumanda mini-futbol maydoni, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalarga esa ular yashaydigan tumanlarda “Workout” maydonchalari qurib beriladi.

Shuningdek, “Eng yaxshi o‘yinchi”, “Eng yaxshi to‘purar”, “Eng yaxshi darvozabon” va “Eng yaxshi murabbiy” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar ham aniqlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: