Samarqandda avtobus va yana ikkita mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

O‘zbekiston 08:51 / 11.06.2021 2362

Samarqand viloyati Samarqand tumanida avtobus hamda ikkita mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 10 iyun kuni soat 19:00lar atrofida M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi xalqaro avtomobil yo‘lining Samarqand tumani hududidan o‘tuvchi 3-kilometrida Labo, Lacetti hamda avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida Labo kichik yuk mashinasi ag‘darilib ketgan va uning haydovchisi yengil tan jarohatlari olgan. Unga tibbiyot birlashmasida tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Yo‘l-transport hodisasining boshqa ishtirokchilariga jarohat yetmagan. Ta'kidlanishicha, avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur hodisa yuzasidan Samarqand tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: