AQSh texnologik taraqqiyot uchun 250 mlrd dollar ajratadi

Jahon 20:56 / 11.06.2021 3850

AQSh Senati xalqaro raqobatda muhim texnologik yangiliklarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonun loyihasini ma'qulladi.

Loyihada AQShda texnologiya va tadqiqotlarni kuchaytirish, shuningdek, chiplar va telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqarish uchun taxminan 250 mlrd dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan va mablag‘larning katta qismi dastlabki besh yil ichida sarflanishi rejalashtirilgan.

Ta'kidlanishicha, bu Qo‘shma Shtatlarda so‘nggi o‘n yilliklardagi ilmiy tadqiqotlarga ajratilayotgan eng katta sarmoya hisoblanadi.

Bu dunyo miqyosida AQShning yarimo‘tkazgich ishlab chiqarishdagi ulushi 1990 yildagi 37 foizdan hozirgi kunda taxminan 12 foizgacha kamayib ketgani va chip tanqisligi AQSh ta'minot zanjiridagi zaifliklarni yuzaga keltirgani bilan bog‘liqligi aytilmoqda.

«Agar biz amerikalik ishchilar va amerikalik kompaniyalar dunyoda yetakchilik qilishni davom ettirishini istasak, bu oddiy. Federal hukumat Ikkinchi jahon urushidan keyingi o‘n yilliklar singari ilm-fan, fundamental tadqiqotlar va innovatsiyalarga sarmoya kiritishi kerak. Kim kelajak texnologiyalari poygasida g‘olib bo‘lsa, u tashqi iqtisodiy siyosat va milliy xavfsizlik sohalarida katta ustunlikka olib keladigan global iqtisodiy yetakchiga aylanadi», deb ta'kidlagan Senat a'zosi Chak Shumer.

Ko‘proq yangiliklar: