11 iyun kuni O‘zbekistonda o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi

O‘zbekiston 08:21 / 11.06.2021 3053

11 iyunda kunduz kuni O‘zbekistonda o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati iqlimiy me'yorlarga yaqinlashadi va 32-37 daraja issiq atrofida, Surxondaryo viloyatida ba'zi joylarda 41-43 daraja issiq bo‘ladi.

Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 34-36 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: