O‘zbekiston | 09:31 / 10.06.2021
2823
2 daqiqa o‘qiladi

Tomchilatib sug‘orishda adirdagi yantoqzorni paxtazorga aylantirgan dehqon

Foto: KUN.UZ

Hamidullo Soliyev Chortoq tumanidagi adirlarda dehqonchilik qiladi. U suv chiqmas baland adirga paxta yetishtirishga o‘zi ham ishonmagan. Chunki suvsiz yerda hosil olish amrimahol edi. 
Muammoni hal etishda tomchilatib sug‘orish usuli yordam berdi. 

"Tomchilab sug‘orishning afzalligi zo‘r ekan. Mineral o‘g‘it necha kilodan ketsa, o‘zidan tashlanadi. Oqib ketmaydi. Bir suv tarovida besh gektar yerni sug‘oramiz. 4 soatda bitta karta tugaydi, keyingisiga o‘tamiz", - deydi chortoqlik fermer. Hamidullo aka tomchilatib sug‘orishni keng targ‘ib qilmoqchi.

Fermer hozirda suv quvurlarini egatlarga tortib chiqmoqda. Uning aytishicha, o‘tgan yili 24 sentnerden hosil olgan. Bu yil hosildan umidi katta.   

Fermerning dalasini oilaviy pudratchilarga 1 gektardan taqsimlab bergan. 7 nafar suvchisi ham bor. Qahramonimiz 31 nafar ishchi bilan 24 gektar yerni parvarish qilmoqda.

Mavzuga oid