Sirdaryo viloyatida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash qamrovi 51,6 foizni tashkil qiladi

O‘zbekiston 07:21 / 10.06.2021 418

Sirdaryo viloyatida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash o‘tkazuvchi 96 ta emlash brigadasi 113 nafar vrach, 148 nafar vaksinator, 99 nafar registrator, jami 360 nafar tibbiyot xodimi biriktirilgan. Emlash punktiga kelishga imkoni bo‘lmagan fuqarolar uchun 84 ta mobil brigada tashkil qilindi. Bu haqda viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Sirdaryo viloyatiga 12 000 doza AstraZeneca vaksinasi, 88 800 doza ZF-UZ-VAK 2001 vaksinasi, 3 000 doza SPUTNIK-V vaksinasi  olib kelindi. 2021 yil 1 apreldan Guliston shahrida, 9 apreldan viloyatning barcha hududlarida emlash ishlari boshlandi.

2021 yil 1 aprel kunidan tibbiyot xodimlari, xavf guruhidagi 65 yoshdan kattalar, 27 aprel kunidan o‘qituvchilar, maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari,  surunkali kasalligi bo‘lgan fuqarolar, 19 may kunidan harbiy xizmatchilar va 31 may kunidan xorijda ta'lim oluvchi talabalar, OAV xodimlari koronavirusga qarshi emlandi.

Bugungi kunga qadar 10 408 nafar 65 yoshdan yuqori fuqarolar, 11 114 nafar tibbiyot xodimi, 13 816 nafar 18-65 yoshdagi surunkali kasalligi bor bo‘lgan shaxslar, 7 738 nafar o‘qituvchi, 2 680 nafar maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari, 1 867 nafar harbiy xizmatchi, 22 nafar chet el talabalari emlandi. Ularning 22 273 nafari vaksinaning 2-dozasi va 676 nafari 3-dozasini qabul qilgan. Viloyatda jami 67 994 ta emlash ishlari bajarildi. 2021 yil 9 iyun holatiga emlash qamrovi 51,6 foizni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: