Putin va Bayden uchrashuvi Jyenevadagi La Granj villasida bo‘lib o‘tadi

Jahon 13:53 / 10.06.2021 6125

Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasidagi uchrashuv 16 iyun kuni Jyenevadagi La Granj villasida bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Shveytsariya TIV.

"16 iyun kuni mashhur La Granj villasi prezident Bayden va Putinni qabul qiladi", - deyiladi tashqi ishlar vazirligining tvitter sahifasida.

18 asrda qurilgan villa La Granj parkining markazida joylashgan. 

Sammitga tayyorgarlik doirasida 8 iyundan boshlab park tashrif buyuruvchilar uchun yopildi. Park atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

Shuningdek, sammit vaqtida Jyeneva havo hududi yopib qo‘yiladi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Bayden va Putin uchrashuvi yakunida hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: