JSST Yevropada koronavirusning hindcha shtammi tarqalishini taxmin qilmoqda

Jahon 21:03 / 10.06.2021 3879

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropada koronavirus infeksiyasining hindcha shtammi tarqalishini taxmin qilmoqda. Bu haqda JSSTning Yevropadagi mintaqaviy byurosi direktori Hans Klyuge ma'lum qildi.

Uning qayd etishicha, aynan mana shu shtamm olimlarda xavotir uyg‘otmoqda, chunki u tez tarqaladi va immuniteti bor odamlarga ham yuqadi.

Klyugening so‘zlariga ko‘ra, «delta-variant» deb nomlanuvchi mazkur shtamm virusning boshqa shtammlarini siqib chiqargan.

JSST vakili virusga yengil yondashmaslikka chaqirdi.

Hindistonda 2021 yil marti oxiridan koronavirus yuqtirish holatlari keskin oshdi. 1 aprel holatiga mamlakatda kasallik yuqtirganlar soni 12,3 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, 1 iyunga kelib bu raqam 28,4 mlnga yetdi. 

20 may kuni Rajaston va Telangana shtatlarida koronavirusdan sog‘ayganlarga yuqadigan qora mog‘or kasalligi epidemiyasi e'lon qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: