Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Afrikada 10 egiz farzandni dunyoga keltirgan ayolni topa olishmayapti

Janubiy Afrika Respublikasida birdaniga 10 farzandni dunyoga keltirgan ayol haqidagi xabar butun dunyoga tarqalgandan keyin hukumat ayolni qidirishga tushib ketdi va hozircha buning uddasidan chiqa olmayapti.
Avvalroq rekord sonda egiz farzand tug‘gan ayol haqidagi xabar OAVda va ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ayol birdaniga 7 o‘g‘il va 3 qizni dunyoga keltirib, rekord o‘rnatgani ma'lum qilingandi. Biroq hukumat hozircha ayolni ham, chaqaloqlarni ham topa olmayapti.
“Hukumat OAV va ijtimoiy tarmoqlarda janubiy afrikalik ayol 10 farzand dunyoga keltirgani va jahon rekordini o‘rnatgani haqidagi xabarga e'tibor qaratdi. Chaqaloqlarni Gauteng provinsiyasida yashovchi Goziam Tamara Sitxol dunyoga keltirgani aytilmoqda. Biroq hukumat mamlakat tibbiy muassasalarida bunday tug‘uruq holati qayd qilinganini tasdiqlay olmaydi”, deb aytgan hukumatning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha vakili Fumla Uilyams.
Ta'kidlanishicha, ayol va uning turmush o‘rtog‘i turli urf-odatlar sababli panada qolayotgan bo‘lishi mumkin.
Hozirda juftlikni qidirish ishlari davom etmoqda.
Mahalliy shifokorlar ham hozircha bu xabar bo‘yicha bayonot berishmagan. “Agar ushbu tug‘uruq o‘tgan shifoxona xodimlari uni tasdiqlashsa, bu jahon rekordi bo‘ladi va Ginness rekordlar kitobida qayd qilinadi”, deb ta'kidlab o‘tgan mahalliy radiostansiya SABC.
Hozirda bu borada Ginness rekordi joriy may oyida birdaniga 9 farzandni dunyoga keltirgan malilik Halima Sissega tegishli.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenkoga Ukraina bosh vaziri lavozimini taklif qildi
Jahon | 21:32
-
Tramp Rossiyaga Ukraina bilan kelishuvga erishish uchun 50 kun muhlat bermoqchi
Jahon | 21:01
-
AQSh Zangezur yo‘lagini 100 yilga ijaraga olmoqchi
Jahon | 20:57
-
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37
Mavzuga oid

08:13 / 02.07.2025
Britaniyalik qiz Atlantika okeanini qayiqda suzib o‘tib, uchta jahon rekordini o‘rnatdi

17:56 / 16.05.2025
Amerikalik ayol sochiga osilib turgan holda rekord o‘rnatdi

00:16 / 06.05.2025
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

13:04 / 04.03.2025