Farg‘onada o‘tgan 5 oy davomida qariyb o‘n mingta nikoh qayd etilgan

O‘zbekiston 14:56 / 10.06.2021 583

Davlat xizmatlari agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasida tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari, FHDYo bo‘limlari va FHDYo arxivi tomonidan 2021 yilning 5 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, davlat xizmatlari markazlarining boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan integratsiyalashuvi, tashkil etilgan yangi xizmat turlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida so‘z olgan DXA Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Ra'no Boyqo‘ziyevaning ta'kidlashicha, DXA: viloyatda  aholiga 502 mingdan ortiq davlat xizmati ko‘rsatilgan. 2021 yilning o‘tgan 5 oyi davomida 9 802 ta nikoh qayd etilgan. Viloyatning 21 ta Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan 2021 yilning 1 iyun holatiga 9 802 ta nikoh, 35 125 ta tug‘ilish, baxtga qarshi 1 722 ta ajrim, 7 191 ta o‘lim holatlari qayd etildi.

2021 yilning 1 iyun holatiga hududlardagi 19 ta tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga jami 502 074 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

4 152 ta tadbirkorlik sub'yektlari, 8 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar, 2 337 yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik sub'yektlari, ya'ni yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 19 167 ta sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, unda jami 412 ta tadbirkorlik sub'yektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
 

Ko‘proq yangiliklar: