Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada mineral o‘g‘itlar noqonuniy eksportining oldi olindi

“Marg‘ilon” TIF bojxona postida eksport qilish taqiqlangan 2 milliard 348,9 million so‘mlik 1014 tonna mineral o‘g‘it tovarlari to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida “Marg‘ilon” TIF bojxona postida Farg‘ona viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan korxona nomidan xorijga “eksport” bojxona rejimida rasmiylashtirilgan jami 1 014 tonna mineral o‘g‘itlar tovarlari korxona ishonchli vakili ishtirokida tegishli tartibda ko‘zdan kechirilgan.
Tekshiruvda namunalar belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilganida, azot va kaliy aralashmali mineral o‘g‘itlar emasligi, balki boshqa korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan “karbamid” mineral o‘g‘it tovari ekanligi ma'lum bo‘ldi.
“Karbamid” mineral o‘g‘itini eksport qilish taqiqlangani sababli, qiymati 2 milliard 348,9 million so‘mlik 1 014 tonna mineral o‘g‘it tovarlari to‘xtatib qolindi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Quvasoy shahrida 80 million so‘mlik konditsioner va changyutkichlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilganligi haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh: Xitoyning Rossiya neftini sotib olishi 100 foizlik bojga sabab bo‘lishi mumkin
Jahon | 08:10
-
In vitro ko‘chatlarini sotib olishga subsidiya ajratiladi
O‘zbekiston | 07:49
-
Rossiyada uy internetiga talab keskin o‘sdi
Jahon | 07:42
-
Xitoy O‘zbekistonda 500 mln dollarlik investitsiya fondi tashkil etishni taklif qildi
O‘zbekiston | 07:41
Mavzuga oid

15:01 / 30.07.2025
Bojxona rejimida qayta ishlangan mahsulotni istalgan postdan eksport qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

14:58 / 30.07.2025
O‘zbekistonning xorijdagi elchilariga qo‘shimcha vazifa yuklatildi

10:48 / 21.07.2025
O‘zbekistondan Britaniyaga qovun eksporti yo‘lga qo‘yildi

13:57 / 11.07.2025