Angliyadan Finlandiyagacha. Yevro-2020ning eng qimmatbaho va arzon jamoalari qaysi?

Sport 19:32 / 10.06.2021 5648

Unga ko‘ra, musobaqadagi eng qimmatbaho tarkib Angliya milliy jamoasi futbolchilari sanalishadi. O‘rtacha 25,3 yoshga ega inglizlar tarkibining umumiy narxi 1,27 milliard yevroga baholanib, o‘rtacha narx esa 49,96 million yevroni tashkil etgan. Hujumchi Harri Keyn - «uch sherlar» tarkibidagi eng qimmatbaho o‘yinchi sanaladi – 120 million yevro.

Amaldagi jahon chempioni, Yevropaning vitse-chempioni Fransiya esa bu borada 3-o‘rindan joy olgan. Yevro-2020ning eng qimmat futbolchisi 160 million yevroga baholangan Kilian Mbappe ham aynan fransuzlar tarkibida.

Yoahim Lyov boshqaruvidagi Germaniya milliy jamoasi uchlikdan joy olgan. Nemislar tarkibidagi eng qimmat o‘yinchi - «Bavariya» futbolchisi Joshua Kimmix sanaladi.

Yoshi katta futbolchilar nisbatan ko‘proq bo‘lgan Vengriya, Shimoliy Makedoniya va Finlandiya milliy jamoalari esa tarkibning bahosi bo‘yicha so‘nggi uch o‘rinni egallashgan.

Yevro-2020ning barcha milliy jamoalari tarkibi transfer bahosi:

1. Angliya milliy jamoasi

Tarkibning umumiy bahosi: 1,27 milliard yevro

Eng qimmatbaho o‘yinchisi: Harri Keyn (Tottenhem) – 120 mln. yevro

O‘rtacha narx: 48,96 million yevro

Tarkibning o‘rtacha yoshi: 25,3

2. Fransiya milliy jamoasi

Tarkibning umumiy bahosi: 1,03 milliard yevro

Eng qimmatbaho o‘yinchisi: Kilian Mbappe (PSJ) – 160 mln. yevro

O‘rtacha narx: 39,54 million yevro

Tarkibning o‘rtacha yoshi: 27,9

3. Germaniya milliy jamoasi

Tarkibning umumiy bahosi: 936,5 million yevro

Eng qimmatbaho o‘yinchisi: Joshua Kimmix (Bavariya) – 90 mln. yevro

O‘rtacha narx: 36,02 million yevro

Tarkibning o‘rtacha yoshi: 27,6

4. Ispaniya milliy jamoasi

Tarkibning umumiy bahosi: 915 million yevro

Eng qimmatbaho o‘yinchisi: Markos Lorente (Atletiko) – 80 mln. yevro

O‘rtacha narx: 38,13 million yevro

Tarkibning o‘rtacha yoshi: 26,5

5. Portugaliya milliy jamoasi

Tarkibning umumiy bahosi: 872 million yevro

Eng qimmatbaho o‘yinchisi: Brunu Fernandesh (MYu) – 90 mln. yevro

O‘rtacha narx: 33,56 million yevro

Tarkibning o‘rtacha yoshi: 27,9

6. Italiya milliy jamoasi

Tarkibning umumiy bahosi: 764 million yevro

Eng qimmatbaho o‘yinchisi: Nikola Barela (Inter) – 65 mln. yevro

O‘rtacha narx: 29,38 million yevro

Tarkibning o‘rtacha yoshi: 27,8

7. Belgiya milliy jamoasi

Tarkibning umumiy bahosi: 669 million yevro

Eng qimmatbaho o‘yinchisi: Lukaku (Inter)/De Bryuyne (Man.Siti) – 100 mln. yevro

O‘rtacha narx: 25,75 million yevro

Tarkibning o‘rtacha yoshi: 29,2

8. Niderlandiya milliy jamoasi

Tarkibning umumiy bahosi: 637 million yevro

Eng qimmatbaho o‘yinchisi: Frenki De Yong (Barselona) – 90 mln. yevro

O‘rtacha narx: 24,50 million yevro

Tarkibning o‘rtacha yoshi: 27,2

9. Xorvatiya milliy jamoasi

Tarkibning umumiy bahosi: 375,80 million yevro

Eng qimmatbaho o‘yinchisi: Mateo Kovachich – 45 mln. yevro

O‘rtacha narx: 14,45 million yevro

Tarkibning o‘rtacha yoshi: 27,8

10. Turkiya milliy jamoasi

Tarkibning umumiy bahosi: 325 million yevro

Eng qimmatbaho o‘yinchisi: Chag‘lar Suyunju – 45 mln. yevro

O‘rtacha narx: 12,50 million yevro

Tarkibning o‘rtacha yoshi: 25

Yevro-2020ning ishtirokchi milliy jamoalari tarkibi transfer bahosi:

Ko‘proq yangiliklar: