Yevroittifoqda 1 iyuldan COVID-sertifikatlar tizimi ishga tushadi

Jahon 15:05 / 09.06.2021 2481

Yevroparlament yig‘ilishida Yevroittifoq hududida emlanganlik sertifikatlari joriy etilishi ma'qullandi.

Koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar tizimi 1 iyuldan ishga tushadi. Hujjat raqamli yoki qog‘oz shaklida beriladi. U sertifikat egasining koronavirusga qarshi emlangani, yaqinda topshirgan testi natijasi manfiy chiqqani yoki kasallikdan sog‘ayganini tasdiqlaydi.

«Amalda bu uchta turli sertifikat bo‘ladi», — deyiladi Yevroparlament xabarida.

Yevroparlament qaroriga ko‘ra, YeI mamlakatlari bunday sertifikat egasidan karantinga joylashish yoki test topshirishni talab qilishi mumkin emas.

YeIning bir mamlakatida berilgan sertifikat ittifoqdagi barcha mamlakatlar hududida qabul qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: