«VEON» O‘zbekiston bilan raqamlashtirish va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyor

Jamiyat 16:00 / 09.06.2021 6199

2021 yil 26-27 may kunlari Toshkentga navbatdagi ish safari doirasida «VEON» kompaniyalari guruhining bosh ijrochi direktori, «Unitel» MChJ (O‘zbekistondagi «Beeline» SB) kuzatuv kengashi raisi janob Kaan Terzioglu boshchiligida «VEON» kompaniyalari guruhi delegatsiyasi davlat idoralari rahbarlari va mas'ul xodimlari bilan turli vazirlik va tashkilotlarda bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Delegatsiya tarkibiga «VEON» kompaniyalari guruhining maslahatchisi Boris Tadich, «VEON» kompaniyalari guruhining huquqiy qo‘llab-quvvatlash, hukumat bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatish va komplayens bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti («Vimpelkom» OAJ) Viktor Biryukov, «Beeline Uzbekistan» bosh direktori Andjyey Malinovski va «Beeline Uzbekistan»ning davlat idoralari bilan hamkorlik bo‘yicha direktori Sardor Muxamedaliyev kirdilar.

Ish kuni tartibi Rossiyaning O‘zbekistondagi qayta tayinlangan elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuvdan boshlandi. Diplomatga «Beeline Uzbekistan» yangi bosh direktori Andjyey Malinovski tanishtirildi. Kelajakda o‘rnatilgan do‘stona munosabatlarni mustahkamlash uchun yana bir bor ikki tomonlama kelishuv tasdiqlandi.

Yana bir muhim uchrashuv – Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bilan bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning internet-makonini liberallashtirish, «Beeline Uzbekistan»ning mamlakatning raqamlashtirishda ishtirok etish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar respublikaning ushbu sohadagi qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirdilar. «VEON» kompaniyalari guruhining bosh ijrochi direktori Kaan Terzioglu ma'lumotiga ko‘ra, 2020 yilda kompaniya O‘zbekistonga 50 million dollardan ortiq sarmoya kiritgan va internet foydalanuvchilari uchun xizmat ko‘rsatish yanada yaxshilangan. Xalqaro telekommunikatsiya xoldingi raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni tashkiliy va institutsional asoslarini takomillashtirish, profil infratuzilmasini rivojlantirish, keng polosali internetdan foydalanishni kengaytirish, mobil aloqa tarmog‘ini va boshqa telekommunikatsiya xizmatlarini yaxshilash va modernizatsiya qilish, shuningdek, investitsiya loyihalarida ishtirok etishda tayyorligini ta'kidladi. Uchrashuv yakunlarida ikki tomonlama sheriklikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish kelishib olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov bilan suhbat chog‘ida mehmonlarga mamlakatda ziyorat turizmini rivojlantirish, turli davlatlardan kutilayotgan xorijiy sayyohlar haqida ma'lumot berildi. Bundan tashqari, «Sog‘lom turmush tarzi» loyihasining ishga tushirilishi, uning doirasida hukumat aholiga qadamlar uchun pul to‘lashi bo‘yicha so‘z yuritildi. Ta'kidlanganidek, loyiha haqida to‘liq ma'lumotni www.1hls.uz saytidan olish mumkin. «VEON» ushbu loyihaga «Qadamlar uchun Giglar» xizmatini taqdim etishi va shu bilan sog‘lom millat taraqqiyotiga o‘zining hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi.

Delegatsiya O‘zbekiston Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov bilan uchrashdi. U «VEON» kompaniyalari guruhiga Jizzaxdagi 8-sonli ixtisoslashtirilgan IT-maktabni modernizatsiya qilishda faol ishtirok etgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligi va natijalar to‘g‘risida gapirildi. O‘z navbatida Kaan Terzioglu kelajakda bunday ijtimoiy loyihalarda kompaniyaning ishtiroki ko‘proq bo‘lishini va ular nafaqat Jizzax viloyatida, balki boshqa hududlarda ham amalga oshirilishini ta'kidladi. Shuningdek, Sherzod Shermatov ikkita yangi muhim ta'lim dasturlari haqida so‘zladi. Birinchisi – o‘qituvchilar va o‘quvchilarni ingliz va rus tillarida bilim va muloqotga tayyorlash. Ikkinchisi – maktab o‘quvchilari tomonidan IT-dasturlarini chuqur o‘rganish. «VEON» ushbu yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlaydi va ishlab chiquvchilar uchun butkemplarni taqdim etish (IT-mutaxassislik bo‘yicha tezlashtirilgan o‘qitish uchun intensiv dasturlar) va xakatonlarni (to‘liq dasturiy ta'minotni yaratuvchi mutaxassislar uchun forumlar) O‘zbekistondagi iste'dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etishga tayyorligini bildirdi.

Respublikaning Innovatsion rivojlanish vazirligidagi muloqot doirasida Kaan Terzioglu «VEON» ushbu yo‘nalishda katta tajribaga egaligi, yangi ishlanmalarni qabul qilish va tatbiq etish bilan bir qatorda innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi kompaniya ekanligini aytib o‘tdi. Telekommunikatsiya xoldingi doimiy ravishda rivojlanib boradi va hamkorlikdan manfaatdor. O‘z navbatida, O‘zbekistonning Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov vazirlik to‘g‘risida gapirib berdi. Bugungi kunda u o‘z faoliyatini tadqiqot yo‘nalishlari va yangiliklarga yo‘naltirmoqda, texnoparklar yaratilmoqda, innovatsion texnologiyalar hududlarda faol tatbiq etilmoqda. Vazirlik tomonidan agrosanoat sohasida raqamli loyihalar, katta hajmdagi ma'lumotlar, sun'iy intellekt va robototexnika, 5G va dronlik laboratoriyalarni rivojlantirish va «VEON» kompaniyalari guruhi bilan hamkorlik bo‘yicha tajriba almashishga qiziqishi aytib o‘tildi.

«Unitel» MChJ tomonidan tayyorlangan O‘zbekistonda xalqaro internet tarmog‘iga kirishni liberallashtirish loyihasining muhokamasi respublikaning Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidagi uchrashuvning asosiy mavzusi bo‘ldi. «VEON» kompaniyalari guruhi delegatsiyasi vakillari bilan vazir o‘rinbosarlari Jamol Maqsudov va Jamshid Egamberdiyev uchrashdilar. «Raqamli O‘zbekiston-2030» strategiyasining rivojlanishiga alohida e'tibor qaratildi. Tomonlar IT, so‘nggi mobil qurilmalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha fikr almashdilar. Kelgusi hamkorlik uchun barcha harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

O‘zbekistonda xalqaro internet tarmog‘iga kirishni liberallashtirish loyihasi, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham muhokama qilindi. Delegatsiya vakillarining fikriga ko‘ra, ushbu loyihaning amalga oshirilishi AKT sohasiga chet el investitsiyalarini qo‘shimcha ravishda jalb etishi (6 million AQSh dollaridan ortiq), yangi ish o‘rinlari yaratilishi, aholi uchun internet narxi pasaytirilishi va mobil internetni rivojlantirishiga yangi turtki beradi. Uchrashuv yakunida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Shaxrux Sharaxmetov «Beeline Uzbekistan»ni «Yil brendi-2020» nominatsiyasida «Mobil aloqa operatorlari» toifasidagi iste'molchilar fikriga ko‘ra g‘olib bo‘lganligi bilan tabrikladi.

«O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida vazir o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov ishtirokidagi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hozirgi paytda ushbu vazirlikda raqamlashtirish bo‘yicha transformatsiya ketayotganligi va shu sababli «VEON» kabi xalqaro kompaniyalar bilan aloqalar va hamkorlik o‘rnatish qo‘llab-quvvatlanishi alohida ta'kidlandi. Kaan Terzioglu kompaniya, uning faoliyati, biznes-dasturlarni ishlab chiqish, geotahlil, kontentni takomillashtirish va mobil to‘lovlarga qaratilayotgan e'tibor haqida gapirdi. Transport vazirligi vakillari ushbu yo‘nalishlarga, xususan, geotahlil, transport tarmoqlari va tizimlarini rivojlantirishga qiziqish bildirdilar. Qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini aytib o‘tdilar.

Uchrashuvlar yakuni bo‘yicha, «VEON» kompaniyalari guruhining bosh ijrochi direktori, «Unitel» MChJ (O‘zbekistondagi «Beeline» SB) kuzatuv kengashi raisi janob Kaan Terzioglu quyidagi fikr bildirdi:

«Har doimgidek, bu safar ham O‘zbekistonga tashrifim ajoyib bo‘ldi. O‘tgan yil ichida, pandemiya davrida, bu mening to‘rtinchi kelishim. Har safar bu yerga kelganimda, mamlakat iqtisodiyoti tobora rivojlanishini ko‘raman. Shu kunlarda men ko‘plab davlat idoralarida bo‘ldim, ko‘plab mas'ul rahbarlar va xodimlar bilan uchrashdim, suhbatlashdim. Har bir uchrashuvda O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotning yetakchi vakiliga dinamik aylanishi bo‘yicha oborilayotgan strategiyasi haqida eshitdim. Albatta, biz Beeline, har doim hamkorlikga tayyormiz va sherik bo‘lishga intilamiz. Dunyoning turli mamlakatlarida qo‘llaniladigan ilg‘or tajribamizni tatbiq etishga harakat qilamiz. Va ushbu xayrli ishga kuch va hissamizni qo‘shish imkoniyatiga ega ekanligimizdan minnatdormiz. Yana bir bor bu yerga kelganimdan xursandman va sentyabr oyida O‘zbekistonga qaytishimni kutaman».

«Unitel» MChJ 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan – bosh qarorgohi Amsterdamda (Gollandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON – bu 9 ta mamlakatda 213 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini yetkazib beruvchi kompaniya. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida ro‘yxatga olingan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingdan ortiq xodim faoliyat yuritadi. 2006 yildan boshlab, O‘zbekiston bozoriga kirganidan beri, VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1,2 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritdi. Beeline savdo belgisi O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,9 milliard dollardan ortiq miqdorda soliq to‘lagan.

Sayt: beeline.uz 

Facebook: fb.com/beeline.uz 

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/uzbeelineuzb

Twitter: twitter.com/beeline_uz

 Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: