Turkiyada Marmar dengizini xavfli shilimshiq pardadan tozalash ishlari boshlandi

Jahon 23:07 / 09.06.2021 8126

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbul sohilbo‘yini shilimshiqdan tozalashga va'da bergandi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, dengiz sirtida bunday parda hosil bo‘lishiga iqlim o‘zgarishi va dengiz suvi ifloslanishi sabab bo‘lmoqda.

Bunday kulrang-yashil shilimshiq parda suvda mayda bir hujayrali suvo‘tlari – fitoplanktonlar nazoratsiz ko‘paysa paydo bo‘ladi. 

Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, favqulodda vaziyatga dengizga tozalanmagan oqova suvlar oqizilishi va havo isishi sabab bo‘lgan. U yuz bergan hodisani sinchkov tergov qilishga chaqirgan. Bu bilan 300 kishidan iborat komissiya shug‘ullanadi.

“Agar bu shilimshiq parda Qora dengizga ham yoyilsa, muammo ulkan bo‘ladi. Buning oldini olish uchun zudlik bilan choralar ko‘rish lozim”, deb aytgan Turkiya yetakchisi.

Ta'kidlanishicha, kemalar bunday parda bilan qoplangan suvdan bazo‘r o‘tadi, ko‘plab baliqchilar esa ushbu substansiya qayiqlari dvigatellari tushishidan qo‘rqib, dengizga chiqmay qo‘yganlar.

G‘avvoslarning ta'kidlashicha, baliq va boshqa dengiz jonzotlari kislorod yetishmasligidan nobud bo‘lmoqda.

Turkiya atrof-muhit vaziri Murod Qurum Marmar dengizi qo‘riqxona deb e'lon qilinishini ma'lum qilgan. Uning ta'kidlashicha, endilikda oqova suvlar yaxshilab tozalanadi va dengizdagi azot miqdorini 40 foizga kamaytirish rejalashtirilgan.

“Biz bugun ham quruqlikda, ham dengizda tozalash ishlarini boshlaymiz. Biz Marmar dengizini qutqarishga qat'iy ahd qilganmiz va uni qutqaramiz”, deb aytgan Qurum.

Uning ta'kidlashicha, hozirda dengiz sirtini tozalash ishlariga 25ta kema jalb qilingan. Yana 18ta kema shilimshiq tarqalib ketishining oldini olish bilan shug‘ullanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: