Qirg‘izistonda prezident ma'muriyatining sobiq rahbari va bosh vazir o‘rinbosari hibsga olindi

Jahon 21:40 / 09.06.2021 14153

Qirg‘izistonda prezident ma'muriyatining sobiq rahbari Daniyar Narimbayev va sobiq bosh vazir o‘rinbosari Almazbek Baatirbekov hibsga olindi.

Xabar qilinishicha, ular 31 iyulgacha – sudga qadar surishtiruv davomida davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi izolyatorida saqlanadi.

Avvalroq Qirg‘iziston OAV Narimbayev va Baatirbekov Qumtor oltin konidagi korrupsiya ishi bo‘yicha xavfsizlik qo‘mitasiga so‘roqqa chaqirilgani to‘g‘risida xabar qilgandi.

Narimbayev 2012 yildan 2015 yilgacha Qirg‘iziston prezidenti apparatiga rahbarlik qilgan. U 2015 yil noyabrda tovlamachilik bo‘yicha uch yilga hukm qilingan.

Baatirbekov 2020 yil iyundan oktyabrgacha bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Ko‘proq yangiliklar: