Koronavirus: Yana ikki bemor vafot etdi, shifoxonalarda davolanayotganlar soni 3,2 mingdan ortiq

O‘zbekiston 10:28 / 09.06.2021 6278

«2021 yil 8 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102362 (+199) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 4 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 7 nafari Jizzax viloyatida,
  • 14 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 2 nafari Namangan viloyatida,
  • 12 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 5 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  • 32 nafari Toshkent viloyatida,
  • 110 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 9 nafar,
  • Jizzax viloyatida 14 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 11 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Namangan viloyatida 5 nafar,
  • Samarqand viloyatida 23 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 23 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 3 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 7 nafar,
  • Xorazm viloyatida 7 nafar,
  • Toshkent viloyatida 30 nafar,
  • Toshkent shahrida 182 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 98445 (+316) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 701 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3216 nafar bemor davolanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: