Janubiy Koreyada binoni buzish vaqtida 9 kishi halok bo‘ldi

Jahon 21:46 / 09.06.2021 9751

Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida buzilayotgan binoning nazoratsiz qulashi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 8 kishi jarohat oldi. Younhap axborot agentligining xabar berishicha, 5 qavatli binoni buzish vaqtida u jamoat transporti bekati ustiga tushgan.

Bino bu vaqtda bekat yonida turgan avtobusni bosib qolgan. Barcha qurbonlar va jarohat olganlar ushbu avtobus yo‘lovchilari bo‘lgan. Jarohatlanganlar og‘ir ahvolda shifoxonalarga yetkazilgan.

Qutqaruv xizmatlari vayronalar ostida piyodalar yoki quruvchilar qolib ketmaganini tekshirmoqda. Binoning qulashi sabablari aniqlashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: