Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parranda sanoatiga katta subsidiyalar ajratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik va xizmatlarni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta'minlash, shuningdek chorva, parranda va baliq mahsulotlarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar ijrosiga oid videoselektor yig‘ilishida parrandachilik loyihalarini amalga oshirishga 100 million dollar ajratilishini ma'lum qildi.
«Parranda sanoatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi mexanizmlar joriy etiladi. 1 iyuldan berilishi kerak bo‘lgan subsidiya miqdori tuxum uchun 3 baravar (har bir sotilgan tuxumga 150 so‘m), parranda go‘shti uchun esa 2 baravar (har bir kilogrammiga 1,5 ming so‘m) oshirilib, to‘lovlar 1 iyundan boshlanadi, hisob-kitob qilinadi.
Omuxta yem va parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga aylanma mablag‘ni to‘ldirish va parrandachilik loyihalari uchun kreditlarning Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori qismi qoplab beriladi», degan davlat rahbari.
Parrandalarni so‘yishga mo‘ljallangan zamonaviy kompleks loyihalari bo‘yicha xarajatlarning bir qismi kompensatsiya qilinadi.
«Parrandachilik korxonalari uchun foyda, mol-mulk, yer va suv soliqlari stavkalari 50 foizga kamaytiriladi. Bunday imkoniyat hali biror sohaga ajratmaganmiz. Bu choralar nima uchun – tovuq go‘shti va tuxum hajmini keskin oshirib olishimiz kerak.
Parrandachilik loyihalarini amalga oshirishga Mikrokreditbank mas'ul bo‘ladi va unga davlat tomonidan 50 million dollar resurs ajratiladi. Ishlar natijasiga qarab, yana 50 million dollar beriladi. Jami 100 mln dollar ajratiladi», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shuningdek, prezident Surxondaryoda boshlangan tajriba asosida aholi xonadonlarida parranda (tovuq, kurka, o‘rdak, g‘oz) yetishtirishga tuman sektor rahbarlari shaxsan mas'ul bo‘lishini ta'kidlagan.
Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati qayta tashkil etiladi va qo‘mita jamg‘armasidan institutga naslli parrandani olib kelish, zarur jihozlar va uskunalar bilan ta'minlash uchun 10 milliard so‘m ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maxtumquli ko‘chasida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi
Jamiyat | 13:31
-
4 gektar bo‘sh yer maydonini 420 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Jamiyat | 13:27
-
AQSh Isroilning asosiy tanqidchisi - Francheska Albanezeni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi
Jahon | 12:46
-
Yil boshidan beri qancha fuqaroga ijtimoiy to‘lov tayinlangani aytildi
Iqtisodiyot | 12:43
Mavzuga oid

16:44 / 09.07.2025
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi

11:31 / 16.06.2025
Ijtimoiy tarmoqlardagi eng ko‘p murojaatlar huquq-tartibot idoralari va sud, hokimliklarga to‘g‘ri keladi - Prezident

11:25 / 16.06.2025
“Xalq nazorati” elektron portali butun respublikada ishga tushiriladi

11:14 / 16.06.2025