Maldiv tashqi ishlar vaziri BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi raisi etib saylandi

Jahon 00:01 / 08.06.2021 4487

Bosh Assambleyaning amaldagi 75-sessiyasi raisi Vulqon Bo‘zkir Shahid nomzodiga 143ta, uning raqibi – Afg‘oniston vakili Zalmay Rasulga esa 48ta davlat vakili o‘z ovozini berganini ma'lum qilgan.

 Bosh Assambleya raisi 5ta mintaqaviy guruh o‘rtasida rotatsiya asosida saylanadi. Joriy yilda rais lavozimini Osiyo-Tinch okeani vakili egallashi kerak edi. Shahid bu lavozimni sentyabrda yangi sessiya o‘z ishini boshlaganda egallaydi va unda bir yil davomida qoladi. 

 59 yoshli Abdulla Shahid o‘z faoliyatini 1983 yilda Maldiv tashqi ishlar vazirligida boshlagan. U 1995 yilda prezident ma'muriyati rahbariga aylangan va ushbu lavozimda 10 yil ishlagan. Shahid 2007 yilda Maldiv tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan, 2018 yilda esa ushbu lavozimni ikkinchi marta egallagan. 

Ko‘proq yangiliklar: