IPhone 13 rekord hajmdagi doimiy xotira bilan ta'minlanadi

Fan-texnika 19:35 / 08.06.2021 34165

Wedbush tahlilchisi Deniyel Ayvz ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya yangi smartfonini rekord hajmdagi xotira bilan jihozlashi haqida oldinroq ham ma'lum qilgan, endilikda esa buni inkor etuvchi biror axborot yo‘q.  

IPhone 13’ning yana bir e'tiborli jihati lidarga ega kamerasi bo‘ladi. U ushbu seriyadagi barcha smartfonlarga, jumladan hamyonbop iPhone 13 mini’ga ham o‘rnatiladi.

Ayni vaqtda kompaniyaning oxirgi smartfoni iPhone 12’ning doimiy xotirasi maksimal hajmi 512 Mbni tashkil qiladi, lidarlar esa seriyaning qimmat versiyalari - iPhone 12 Pro va 12 Pro Max’dagina bor.

Ayvzning ta'kidlashicha, 2022 yil yozida Apple aralash reallik funksiyasiga ega smart-ko‘zoynakni, 2024 yilda esa haydovchisiz elektrokar Apple Car’ni taqdim qilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: