Dunyodagi yirik saytlar faoliyatida uzilishlar kuzatildi 

Jahon 16:32 / 08.06.2021 4757

Dunyodagi yirik saytlar, jumladan, yetakchi ommaviy axborot vositalari saytlarida uzilishlar kuzatildi.

Xususan, Amazon va Reddit hamda CNN telekanali, New York Times, Guardian, Financial Times, Independent gazetalari saytlari bir oz vaqt ishlamay qoldi.

Shuningdek, Britaniya hukumati sayti ham ochilmadi.

Uzilishlarga nima sabab bo‘lgani hozircha ma'lum emas.

BBC teleradiokorporatsiyasining xabar berishicha, ushbu holat ko‘plab yirik saytlarni qo‘llab-quvvatlovchi Fastly bulutli hisoblashlar provayderi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: