Amerikalik olimlar koronavirus sun'iy yo‘l bilan yaratilganiga isbotlar keltirishdi

Jahon 08:17 / 08.06.2021 52776

Amerikalik olimlar Stiven Kueya va Richard Myuller SARS-CoV-2 sun'iy yo‘l bilan yaratilganiga ishora qiluvchi isbotlarni keltirishdi. Ularning bu haqdagi maqolalari The Wall Street Journal nashrida chop etildi.

Olimlar koronavirusda CGG-CGG kombinatsiyadagi genomlar ketma-ketligi aniqlangani virus laboratoriyada yaratilganidan darak beruvchi «signal» ekanini aytishmoqda. Ta'kidlanishicha, olimlar bunday ketma-ketlikdan biror virusning yuquvchanligi yoki undan o‘lim darajasini kuchaytirishda foydalanishadi. Tabiatda bunday genomlar ketma-ketligi juda kam uchraydi.

«Koronavirusning deyarli butun sinfida tabiiy yo‘l bilan paydo bo‘lgan CGG-CGG kombinatsiyasi aniqlanmadi. Bu esa viruslar yangi xossalarga ega bo‘lishining odatiy usuli ushbu vaziyatda ishlamasligini anglatadi», deb aytishgan olimlar. 

Amerikalik olimlar koronavirus sun'iy usulda paydo bo‘lganining yana bir dalili sifatida uning genetik xilma-xilligidagi keskin farqlanishni atashgan. Virus odamda unga moslashgan, juda agressiv holatda paydo bo‘lgan. Bir necha oy davomida uning biror jiddiy mutatsiyasi kuzatilmagan. Olimlarning ta'kidlashicha, bu holat virus odamga moslashish uzoq davridan o‘tgani va shundan keyingina aholi orasida tarqalganidan darak beradi.

20 may kuni AQSh Kongressi vakillar palatasining razvedka bo‘yicha qo‘mitasida SARS-CoV-2 Uhandagi virusologiya institutidan tashqariga chiqqaniga ishora qiluvchi isbotlar borligini ma'lum qilgan.

Xitoy esa ushbu ayblovlarni bo‘hton va fitna deb atab kelmoqda. Mamlakatning Vashingtondagi elchixonasida «ba'zi siyosiy kuchlar pandemiya boshidan beri bunda Xitoyni ayblashga urinib kelayotgani» aytilgan.

Ko‘proq yangiliklar: