Tixanovskaya Chexiyada Belarus rahbari sifatida qabul qilindi

Jahon 20:19 / 07.06.2021 13562

Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Chexiya parlamenti senatida davlat rahbari sifatida qabul qilinadi, dedi Chexiya yuqori palatasi spikeri Milosh Vistrchil.

«Belarusda 2020 yil avgustda o‘tkazilgan prezident saylovi erkinliksiz, adolatsiz va noqonuniy bo‘ldi. Senat va men Svetlana Tixanovskayani Belarus prezidenti deb hisoblaymiz», — dedi u.

Qayd etilishicha, Tixanovskaya 10 iyungacha Chexiyada bo‘lib turishi ko‘zda tutilgan.

Tixanovskaya 8 iyun kuni Chexiya prezidenti Milosh Zeman va bosh vaziri Andrey Babish bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bundan tashqari, u mamlakat tashqi ishlar vaziri Yakub Kulganek bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Tixanovskaya 9 iyun kuni parlament yuqori palatasi a'zolari oldida chiqish qiladi.

Avvalroq Yevroittifoq mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari uni 21 iyunda bo‘lib o‘tadigan YeI kengashi yig‘ilishiga taklif qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: