Rossiya hukumati mehnat migrantlarining mamlakatga kirishini soddalashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Jahon 19:26 / 07.06.2021 9884

Rossiya hukumati mamlakatga migrantlar kirishini soddalashtirish va ularni majburiy emlash masalasini ko‘rib chiqmoqda, dedi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin.  

«Hozirda migrantlarni olib kelishni soddalashtirish va majburiy emlash mavzusini ko‘rib chiqmoqdamiz», — dedi Xusnullin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qurilish sohasini qo‘llab-quvvatlash uchun juda muhim hisoblanadi, xorijlik ishchilarsiz ushbu sohaga qiyin bo‘ladi.

«Bizda mehnat unumdorligi darajasi past va migrantlardan foydalanishga majburmiz. Bir-ikki yil ichida migrantlarsiz ham uddalay oladigan texnologiyalarga o‘ta olmaymiz», — dedi bosh vazir o‘rinbosari.

Xusnullinning so‘zlariga ko‘ra, migrantlar oyiga 50 ming rubl evaziga kuniga 12 soatlab qurilishda ishlashga tayyor va bu qurilish tannarxini pasaytirishga imkon beradi.

Uning fikricha, migrantlardan voz kechiladigan bo‘lsa, qurilish bahosi kamida 12,5 foizga qimmatlashadi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, birgina Moskvada 300 ming nafar mehnat migrantiga ehtiyoj bor.

Ko‘proq yangiliklar: