AQShning texnologik kompaniyalari aksiyalari arzonlasha boshladi. Sabab – G7 soliq kelishuvi

Jahon 20:50 / 07.06.2021 5153

Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi texnologik gigant kompaniyalar aksiyalari birja savdolari oldidan o‘tkaziladigan bitimlarda tusha boshladi. Bunga jahonning 7 yirik va boy mamlakati global miqyosda eng kam korporativ soliqni joriy qilish borasida kelishib olgani sabab bo‘lgan.

AQSh, Germaniya, Kanada, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya va Italiyadan iborat «katta yettilik» deb ataluvchi guruh vakillari (G7) 5 iyun kuni kamida 15 foiz miqdorida global korporativ soliqqa qaytishga kelishib olgan edi.

Facebook, Amazon.com, Apple, Microsoft va Google egasi hisoblanuvchi Alphabet kompaniyalarining qimmatli qog‘ozlari qiymati 0.1-0.5 foiz atrofida pasaygan.

Shunga qaramay, Peel Hunt iqtisodiy va strategiya tadqiqotchisi Ian Williams so‘zlariga ko‘ra, bu holat minimal va uzoq davom etmaydigan holdir.

Ko‘proq yangiliklar: