AQSh yadro qurollariga mablag‘ sarflash bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi

Jahon 20:59 / 07.06.2021 6683

AQSh 2020 yilda yadro qurollariga mablag‘ sarflash bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi. Bu haqda TASS xalqaro yadro qurollarini taqiqlash kampaniyasi (International Campaign to Abolish Nuclear Weapons, ICAN) hisobotiga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili AQSh yadro qurollariga 37,4 mlrd dollar, butun dunyodagi mamlakatlar esa 72,6 mlrd dollar sarflagan.

AQShdan tashqari, yuqori beshlikka Xitoy (10,1 mlrd dollar), Rossiya (8 mlrd), Buyuk Britaniya (6,2 mlrd) va Fransiya (5,7 mlrd) kirdi.

Hisobot mualliflarining ma'lumot berishicha, Rossiya 2020 yilda yadro qurollari uchun undan avvalgi yildagiga qaraganda 600 mln dollar kamroq mablag‘ sarflagan.

 

Ko‘proq yangiliklar: