Yamanda AYoQShga raketa tegishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Jahon 12:12 / 06.06.2021 7797

Yamanning neftga boy Marib viloyatida AYoQShga raketa tegishi oqibatida kamida 16 kishi, jumladan, bolalar halok bo‘ldi. Hukumat raketa zarbasida husiylarni ayblamoqda.

“Husiylar uchirgan raketa AYoQShga tushdi va kuchli portlashlarga olib keldi”, deb ma'lum qilgan hukumatdagi manba.

Portlashlar ortidan chiqqan yong‘inda bir necha avtomobil olov ichida qolgan. Bir necha o‘nlab odamlar turli og‘irlikdagi kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Qurbonlar orasida 5 bola bor.  

Ta'kidlanishicha, husiylar fevralda Marib viloyatini egallab olish maqsadida hukumat armiyasiga qarshi yirik amaliyotni boshlagan.

Yamandagi o‘zaro qarama-qarshi tomonlar o‘rtasida BMT tomonidan yaqinda tashkil etilgan muzokaralar esa samarasiz yakunlangan.

Yamanda 2014 yil oxiridan beri fuqarolik urushi davom etib kelmoqda. Unda poytaxt Sano va mamlakatning shimoliy hududlarini egallab olgan husiylar hamda Saudiya Arabistoni va BAA tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi hukumat qo‘shinlari o‘zaro kurashmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: