Koronavirus: Kunlik holatlar soni 300ga yaqin, shifoxonalarga yotqizilganlar soni 3,3 mingdan oshiq

O‘zbekiston 10:04 / 06.06.2021 14644

«2021 yil 5 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 101722 (+286) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

4 iyun kuni 238ta yangi holat aniqlanib, 440 bemor tuzalgan va shifoxonalardagi bemorlar soni 3300dan kamaygandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 6 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Jizzax viloyatida,
  • 10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 5 nafari Navoiy viloyatida,
  • 7 nafari Namangan viloyatida,
  • 21 nafari Samarqand viloyatida,
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 4 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 4 nafari Xorazm viloyatida,
  • 35 nafari Toshkent viloyatida,
  • 175 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar,
  • Buxoro viloyatida 3 nafar,
  • Jizzax viloyatida 14 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,
  • Namangan viloyatida 2 nafar,
  • Samarqand viloyatida 23 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 21 nafar,
  • Xorazm viloyatida 2 nafar,
  • Toshkent shahrida 117 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 97714 (+197) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

So‘nggi bir kunda o‘lim holati qayd etilmadi, 4 iyun kuni bir bemor vafot etib, rasmiy statistikaga ko‘ra O‘zbekistondagi koronavirus qurbonlari soni 696 nafarga yetgandi. 

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3312 nafar bemor davolanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: