22 may kuni poytaxtimizdagi Hyatt Regency mehmonxonasida yurtimizning eng yaxshi brendlariga “Yil brendi 2020” to‘rtinchi mukofotini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu mukofot bilan o‘tgan yil davomida O‘zbekiston bozorida o‘z marketing targ‘ibotini muvaffaqiyatli amalga oshirgan eng faol kompaniyalar taqdirlanadi.
Ochiq ovoz berish yo‘li bilan “Kolbasa mahsulotlari” nominatsiyasida iste'molchilar tanlovi aynan bizning, sevimli Rozmetov kolbasa mahsulotlariga g‘alaba keltirganidan bag‘oyat mamnunmiz. Ovoz berishda 200 mingdan ortiq iste'molchilar ishtirok etganini inobatga olgan holda, biz haqiqatan sevimli va talabgir ekanligimizni angladik. Shu sababli ushbu mukofot kompaniya xodimlari uchun yanada qadrlidir.
“Yil brendi 2020” mukofotining tashkilotchilari va bizning hurmatli, eng yaxshi, sadoqatli va albatta yuksak did sohibi bo‘lgan iste'molchilarimizga minnatdorlik bildirgan holda, kelgusida ham Rozmetov oilasi yurtdoshlarimiz dasturxonlariga nafaqat yuqori va o‘zgarmas sifat, betakror ta'm va keng assortimentga ega, balki har biringizga nisbatan hurmat va mehr bilan yo‘g‘rilgan mahsulotlarni yetkazishda charchamasligiga va'da beramiz!
E'tirof uchun tashakkur!
Fursatdan foydalangan holda, mahsulotimizning yuqori sifati va o‘zgarmas ta'mi ustida ish olib boruvchi katta va inoq Rozmetov oilasining har bir xodimi, har bir bo‘limiga minnatdorchiligimizni izhor qilmoqchimiz. Bunday yuksak e'tirof – aynan sizning tinimsiz intilishlaringiz, izlanishlaringiz va fidokorona mehnatingiz samarasidir.
Instagram: @rozmetov.uz
Facebook: fb.com/rozmetov.uz
Telegram: t.me/rozmetov_official
Reklama huquqi asosida