Hindiston Rossiyadan ijaraga olgan atom suvosti kemasini muddatidan oldin qaytarmoqda

Jahon 22:55 / 05.06.2021 18242

Rossiyadan ijaraga olingan «Nerpa» atom suvosti kemasi qaytarilmoqda, deb xabar berdi The Hindustan Times gazetasi o‘z manbalariga tayanib. 

«Nerpa» 2012 yilda 2,5 mlrd dollarga ijaraga olingandi. Shartnoma 10 yilga tuzilgandi.

NDTV telekanalining qayd etishicha, suvosti kemasi Vladivostok tomon yo‘l olgan. Telekanal o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, kemaning qaytarilishiga unga texnik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lgan.

«Nerpa»dan to‘qqiz yil davomida suvosti kemalari ekipajlarini o‘qitish va Xitoy harbiy kemalari harakatini kuzatish uchun foydalanilgan. 

Hindiston 2019 yilda Rossiya bilan yana bir suvosti kemasini ijaraga olish bo‘yicha 3 mlrd dollarlik shartnoma imzolagan. Kema Hindistonga 2025 yilda yetkazib beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: