Yaponiyada tug‘ilish ko‘rsatkichi 1899 yildan beri eng past darajaga tushib ketdi

Jahon 23:15 / 04.06.2021 7685

2020 yilda Yaponiyada 840,8 ming bola dunyoga keldi. Bu mamlakatda 1899 yildan beri olib borilayotgan tug‘ilish statistikasi tarixidagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda Yaponiyaning sog‘liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy ta'minot vazirligi ma'lum qildi.  

Ta'kidlanishicha, o‘tgan yil Yaponiya aholisi 531,8 ming kishiga kamaygan. Bu ham mamlakat uchun antirekord hisoblanadi. Bir ayolga to‘g‘ri keladigan bolalar o‘rtacha soni 1,34ga tushib ketgan. Bu ko‘rsatkich dunyodagi eng pastlaridan biri bo‘lgan. Shuningdek, mamlakatda qayd etilgan nikohlar soni 2019 yilga nisbatan 12,3 foizga kamayib, 525,5 mingni tashkil qilgan. Bu mamlakat uchun Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng past ko‘rsatkichdir.

Yaponiya bunday salbiy statistikani koronavirus pandemiyasi bilan bog‘lamoqda. Aholi pandemiya sharoitidagi beqarorlik sabab oila qurish va farzand ko‘rishga ikkilanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: