“Bolamni bu dardga chalinganini eshitib, jarga qulaganday bo‘ldim”
Murodjon bu shifoxonaga juda og‘ir ahvolda kelgan. Ayni paytda shifokorlarning sa'y-harakatlari tufayli o‘zini yaxshi his qilmoqda. Lekin hali uzoq davolanishi kerak. “Oqqon nima ekanligini bilmasdim. Bu kasallik haqida shu yerga kelib bildim. Bolamni shu dardga chalinganini, ahvoli og‘irligini aytishganda o‘zimni jarga qulaganday his qildim”, deya ko‘z yosh to‘kadi onasi Ozoda Karimova. Bolakay o‘rtoqlarini, yaqinlarini juda sog‘ingan, shifokorlar va yaxshi insonlar yordamida tezroq oyoqqa turib qishlog‘iga qaytishni istaydi.
Murodjon Abdumannonovga oid ma'lumotlar:
Agrobank: 8600 0417 7368 3702 otasi Farhod Karimov nomida
Sberbank: 4276 6730 9107 5914 qarindoshi Elyor Hafizov nomida
Telefon: +998905639862 (otasi)
Dushmanimga ham ravo ko‘rmayman
O‘z oyog‘i bilan yugurib yuradigan bolaning oyoqdan qolishi, tinimsiz isitmalar bu oilani Gematologiya markaziga kelishga majbur qildi. Kelganidanoq jonlantirish bo‘limiga tushgan Ismoilning bir nechta davolanish kurslaridan keyin ahvoli o‘nglanadi. Ammo bir qancha vaqt o‘tgach yana qaytalab qoladi. U hozir davolanishni davom ettirmoqda. Bunday kunni dushmaniga ham ravo ko‘rmaydigan oila ayni vaqtda farzandi sog‘ayishi uchun mablag‘ga muhtoj.
Ismoil Jo‘raboyevga oid ma'lumotlar:
Agrobank: 8600 0417 1108 3098 amakisi Ikrom Yunusov nomida
Sberbank: 4276 2200 2279 4013 Abdulaziz Yusupov nomida
Telefon: +998945013350 (otasi)
Dilshod kasallik sabab juda ko‘p narsalardan mahrum
Oqqon sabab qashqadaryolik Dilshod Azimov olti oy to‘shakka mixlanadi. Toki undagi bu kasallikni aniqlashib, davo choralari ko‘rilgunga qadar nogironlik aravachasida harakatlanadi.
“Kasallik sabab juda ko‘p narsalardan mahrumman. Bolalar bilan o‘ynagim, maktabimga borgim keladi. Lekin mumkin emas. Ota-onam meni deb ko‘p qiynalishyapti, bilib, ich-ichimdan sezib turaman. Ammo buni aytish og‘ir”, deya o‘ksinadi u.
Dilshod Azimovga oid ma'lumotlar:
Agrobank: 8600 0417 5284 2360 Gulnoz Azimova nomida
Sberbank: 5469 3800 9455 6080 qarindoshi Erkin Ahadjonov nomida
Telefon: +998995957549 (onasi)
Ikki farzandini tuproqqa qo‘ygan ona qizi sog‘ayishidan umidvor
Bu ayolning yuragidagi dardni balki tog‘ ham ko‘tarolmasa kerak. Sirdaryolik Sanobar opa yolg‘iz boshi bilan 4 farzand katta qildi. To‘ng‘ichi tog‘da qoraqurt chaqib olamdan o‘tgan bo‘lsa, yana bir qizi 13 yoshida oqqon sabab vafot etdi. Sinovni qarangki, endi kenja qizi Barno shu dardga chalindi. Ikki farzandini tuproqqa qo‘ygan ayol birovlarning uyida kunlik mehnat bilan kun kechirardi. Qizi parvarishga muhtojligi sabab, hozir ishlay olmaydi. O‘g‘li esa hali yosh, qarindoshlari unga qarab turishibdi. Ularga yaxshi insonlar ko‘magi nihoyatda zarur.
Barno Shodmonovaga oid ma'lumotlar:
Agrobank: 8600 0417 0065 1301 onasi Sanobar Murodova nomida
Viza: 4097 8211 0071 2681 onasi Sanobar Murodova nomida
Telefon: +998946541254 (onasi)
Har bir ota-ona o‘z duolarida, albatta, farzandlariga sihat-salomatlik so‘raydi. Zero o‘zgalarning ham bemor farzandlari sog‘ayishi uchun berilgan ko‘mak, qilingan duolar hech qachon besamar ketmaydi. Shunday ko‘mak va duolar ilinjida qolamiz.
Gulmira Toshniyozova tayyorladi,
tasvirchi Abdusalim Abduvohidov.