Qirg‘izistonda bortida maxsus xizmat jangchilari bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi

Jahon 16:59 / 04.06.2021 15818

Qirg‘iziston janubida bortida “Alfa” maxsus xizmati jangchilari bo‘lgan Mi-8 harbiy vertolyoti halokatga uchradi. Bu haqda AKIpress xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, voqea O‘sh oblastining Cho‘n-Alay rayonida sodir bo‘lgan. Qirg‘iziston havo mudofaasi kuchlariga qarashli vertolyot bortida 15 kishi bo‘lgan. Halokat natijasida 13 kishi jarohatlangan.

Ta'kidlanishicha, jarohatlanganlarning uch nafari og‘ir ahvolda.

Avvalroq Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining chegara xizmati Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi vaziyat keskinligicha qolayotgani, Tojikiston tomonida texnika va harbiylar to‘planayotgani kuzatilayotganini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: