Qirg‘iziston prezidenti korteji YTHga uchradi. Uch kishi jarohatlandi va bir kishi halok bo‘ldi

Jahon 18:55 / 04.06.2021 35036

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovni kuzatib borayotgan kortej avtomobillaridan biri yo‘l-transport hodisasiga uchradi, deb xabar berdi Tengrinews.kz.

Ma'lumot berilishicha, hodisa Issiq-Ko‘l oblastida sodir bo‘lgan.

"Issiq-Ko‘l rayonidagi Ananevo qishlog‘i yaqinidagi avtoyo‘lda kuzatib boriluvchi shaxslarga biriktirilgan avtomobilning qarshisiga chiqqan yengil avtomobil kelib urilgan. Natijada uch kishi jarohatlandi va davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining 9-xizmati xodimi halok bo‘ldi", - deyiladi xabarda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtohalokat sababchisi mast holda bo‘lgan.

Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining 9-xizmati davlatning birinchi shaxslari va davlat strategik obektlari xavfsizligini ta'minlash bilan shug‘ullanadi.

Ko‘proq yangiliklar: