Baydenning Yevropa bo‘ylab safari jadvali e'lon qilindi

Jahon 08:21 / 04.06.2021 7934

Oq uy AQSh prezidenti Jo Baydenning Yevropa bo‘ylab safari jadvalini e'lon qildi. Unga ko‘ra, Bayden dastlab, 10 iyunda Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan uchrashuv o‘tkazadi hamda Kornuoll shahrida 11—13 iyun kunlari o‘tadigan G7 sammitida ishtirok etadi.

Shundan keyin AQSh prezidenti Bryusselga tashrif buyurib, 14 iyunda NATO sammitida qatnashadi. U bu yerda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashadi.

15 iyunda Bayden Yevropa Ittifoqi-AQSh sammitida ishtirok etadi hamda Belgiya qiroli Filipp va bosh vazir Aleksandr De Kroo bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Nihoyat, AQSh prezidenti Shveytsariyaga yo‘l oladi va 16 iyunda Jyenevada rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi. U Shveytsariyada, shuningdek, mamlakat prezidenti Gay Parmelin va tashqi ishlar vaziri Ignatsio Kassis bilan uchrashadi.

Ko‘proq yangiliklar: