Koronavirus: Bir kunda 300ga yaqin yangi holat qayd etilib, ikki bemor vafot etdi

O‘zbekiston 10:32 / 03.06.2021 13516

«2021 yil 2 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 100997 (+271) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 5 nafari Jizzax viloyatida,
  • 1 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 40 nafari Samarqand viloyatida,
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 24 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 7 nafari Xorazm viloyatida,
  • 37 nafari Toshkent viloyatida,
  • 124 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 26 nafar,
  • Buxoro viloyatida 6 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 12 nafar,
  • Navoiy viloyatida 3 nafar,
  • Samarqand viloyatida 37 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 14 nafar,
  • Xorazm viloyatida 15 nafar,
  • Toshkent viloyatida 72 nafar,
  • Toshkent shahrida 135 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 96889 (+320) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 693 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3415 nafar bemor davolanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: