Eronning eng katta harbiy kemasi cho‘kib ketdi

Jahon 19:09 / 02.06.2021 33618

Ma'lumotlarga ko‘ra, harbiy kema xalqaro suv hududlarida mashg‘ulot olib borayotganda uning tizimlaridan birida yong‘in chiqqan. Yong‘inga qarshi kurash 20 soat davom etgan, biroq uni to‘xtatishning iloji bo‘lmagan. Natijada yong‘in kemaning boshqa qismlariga ham o‘tib, uning suv ostiga g‘arq bo‘lishiga olib kelgan. 

Kemada yong‘in boshlangach, uning butun ekipaji sohilga evakuatsiya qilingan. Yong‘in chiqishiga nima sabab bo‘lgani hozircha ma'lum qilinmagan.

Reuters va Associated Press axborot agentliklarining xabar berishicha, Kharg Eron harbiy flotining eng katta kemasi bo‘lgan. U dengizdagi boshqa kemalar ta'minoti, og‘ir yuklarni tashish bilan shug‘ullangan va vertolyotlar uchun havoga ko‘tarilish maydonchasi bo‘lib xizmat qilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, kema Britaniyada qurilib, 1977 yilda suvga tushirilgan. U Eron harbiy floti tarkibiga 1984 yilda kiritilgan.

Ko‘proq yangiliklar: