Qashqadaryoda tunda tanishinikiga kelgan fuqarodan blogerligini aytgan yigit pul talab qildi

Jamiyat 12:40 / 01.06.2021 3012

Qashqadaryo viloyat Nishon tumanida tunda tanishinikiga kelgan fuqarodan pul talab qilgan bloger qo‘lga olingan.

Xabarda yozilishicha, fuqaro S.S ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil 25 may kuni kech soat 21:00 larda Nishon tumani Nuriston mahallasida yashovchi tanishi Oqila ismli ayolning uyiga borgan. Shu kuni kech soat 03:30 da notanish ikki nafar fuqarolar xonadonga bostirib kirib, ularning biri o‘zini «Ma'ruf bloger» deb tanishtirib unga «ushbu xonadonga nima sababdan kelgansan» deb urib o‘zining telefon apparatiga vedio tasvirga olgan. Shundan so‘ng ushbu «Ma'ruf bloger» ismli shaxs unga ushbu videotasvirni ijtimoiy tarmoqlarga chiqarib yuborib sharmanda qilishini aytib, undan 2 million so‘m pul talab qilib kelayotganligini ma'lum qilgan.

Mazkur ariza yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 29 may kuni soat 16:00lar atrofida fuqaro R.M ariza muallifidan talab qilingan 2.000.000 so‘m pullardan kimyoviy ishlov berilgan 1.000.000 so‘m pullarni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Nishon IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ko‘proq yangiliklar: