«Minimal iste'mol xarajati 440 ming so‘mligi aytib o‘tildi. Bu o‘rtacha iste'molni anglatadimi, degan fikr yuritishimiz mumkin. Lekin bu minimal iste'mol xarajati, ya'ni quyi chegara.
Siz bemalol bizni internet orqali kuzayotgan ekansiz, demak, sizda imkoniyatlar yetarli, ya'ni siz target guruhga kirmaysiz. Besh kishidan iborat oila bo‘ladigan bo‘lsa, bir oyga 2 million 200 ming so‘mga to‘g‘ri kelyapti. Agar oilaning iste'moli 2 million 200 ming so‘mdan kamroq bo‘lsa, ularning daromadini mana shu miqdorga yetkazib olishimiz kerak.
Davlat e'tibori, moliyaviy resurslari, inson resurslari, olib borilayotgan ijtimoiy resurslar iqtisodiy siyosat mana shu narsaga qaratilishi kerak. Undan ham ko‘proq daromad olayotgan va iste'mol qilayotgan odamlarimiz bor, lekin biz jamiyat sifatida target guruhga tushib qolgan jamiyat a'zolariga e'tibor qaratamiz. Ya'ni mana shu kriteriyalar orqali bir oylik iste'moli oilada 2 million 200 ming so‘mdan kamroqqa tushib qolayotgan bo‘lsa, barcha e'tibor ularga qaratiladi. Mana shu jihatdan bu raqam ahamiyatli.
Bu 440 ming so‘m bir oyga yetadi degani emas. Bu minimal iste'mol xarajati. Agar odam boshiga 440 ming so‘mdan kam pul topadigan oilani aniqlaydigan bo‘lsak, birinchi o‘rinda barcha resurslar ularga qaratiladi.
Yangi instrumentlar qo‘llanadi, hududlar bo‘yicha baho beriladi, lekin minimum iste'mol xarajatidan yuqoriga chiqarib olishimiz kerak.
Hozirgacha bu o‘lchov birligi bizda yo‘q edi. Biz buni kam yoki ko‘p deb muhokama qilishimiz mumkin, lekin avval mana shu o‘lchov birligiga kelib olishimiz kerak. Kim 440 ming so‘mdan kam topayotgan bo‘lsa, e'tibor ularga qaratiladi. Asosiy davlat e'tibor markazida ular bo‘ladi, shu jihatdan bu raqam ahamiyatli», dedi Obidxo‘jayev.
Avvalroq, hozirda davlatdan ijtimoiy nafaqa oluvchilarning soni 1 milliondan oshiqni tashkil etgani ma'lum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston aholisining minimal iste'mol xarajatlari miqdori dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, kishi boshiga bir oyda 440 ming so‘m etib belgilandi.