Koronavirus: 200dan ortiq yangi holat qayd etildi, shifoxonalardagi bemorlar soni 3,6 mingdan ortiq

O‘zbekiston 10:20 / 31.05.2021 10475

«2021 yil 30 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 100335 (+211) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 8 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 24 nafari Samarqand viloyatida,
  • 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 4 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 65 nafari Toshkent viloyatida,
  • 85 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 10 nafar,
  • Namangan viloyatida 12 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 8 nafar,
  • Toshkent shahrida 177 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 95993 (+207) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3652 nafar bemor davolanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: