Koronavirus: So‘nggi bir kunda 300ga yaqin yangi holat aniqlanib, yana ikki bemor vafot etdi

O‘zbekiston 10:08 / 30.05.2021 16023

«2021 yil 29 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 100124 (+280) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 4 nafari Andijon viloyatida,
  • 2 nafari Buxoro viloyatida,
  • 9 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 40 nafari Samarqand viloyatida,
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 13 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 11 nafari Xorazm viloyatida,
  • 46 nafari Toshkent viloyatida,
  • 127 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 nafar,
  • Buxoro viloyatida 13 nafar,
  • Jizzax viloyatida 3 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 8 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Namangan viloyatida 8 nafar,
  • Samarqand viloyatida 56 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 10 nafar,
  • Xorazm viloyatida 2 nafar,
  • Toshkent shahrida 141 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 95786 (+257) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 690 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3648 nafar bemor davolanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: