Koronavirus: Shifoxonalarda davolanayotganlar soni kamaymoqda, yana ikki bemor vafot etdi

O‘zbekiston 10:11 / 28.05.2021 14821

«2021 yil 27 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 99580 (+236) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 2 nafari Buxoro viloyatida,
  • 4 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 25 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 2 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 6 nafari Xorazm viloyatida,
  • 48 nafari Toshkent viloyatida,
  • 127 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar,
  • Andijon viloyatida 24 nafar,
  • Buxoro viloyatida 4 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Namangan viloyatida 5 nafar,
  • Samarqand viloyatida 49 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 1 nafar,
  • Xorazm viloyatida 9 nafar,
  • Toshkent viloyatida 46 nafar,
  • Toshkent shahrida 153 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 95250 (+298) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 687 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3643 nafar bemor davolanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: