Bunday yirik loyihaning amalga oshirilishi hozirda mavjud cheklovlarni hisobga olgan holda bir necha bosqichlarga bo‘lingan va 1 iyundan boshlab park hududida bog‘ning muayyan hududlari faoliyat yuritadi.
Magic City ochilishi kuni siz mashhur shaharlar atmosferasi ufurib turgan tematik ko‘chalar bo‘ylab sayr qilishingiz mumkin. Parkda 11ta tematik ko‘cha va ona yurtimiz faxri bo‘lgan Registon maydonchasi joylashgan bo‘lib, ularning har biri tashrif buyuruvchilarni hayratga soladi. Masalan, Amsterdam ko‘chasi qadimiy “suzuvchi” binolarga o‘xshash uylar bilan to‘la. Barselona ko‘chasidagi binolar esa Antonio Gaudi uslubida yaratilgan bo‘lib, ular tabiiy allyuziyalar bilan to‘ldirilgan.
Parkdan Magic City uchun maxsus yaratilgan musiqaviy favvora ham joy olgan. Bu shunchaki oddiy favvora emas, balki mehmonlarga yorqin his-tuyg‘ular dengizini ulashuvchi ajoyib mo‘jizadir. Favvoraning repertuari musiqa dunyosining eng mashhur kompozitsiyalarini o‘z ichiga oladi. Tomosha davomida butun suv sathining maydoni bir necha soniya ichida tuman bilan qoplanib, suv oqimi ajoyib olov kabi tovlanadi.
Magic City markazida esa Bavariya shahrida joylashgan Noyshvanshtayn me'moriy yodgorligi shaklida qurilgan ertaknamo qal'a mavjud. Parkning bu qismi malikalar haqidagi multfilmlarni xush ko‘ruvchi jajji qizaloqlarga yoqishi aniq.
Bundan tashqari, tarixiy Kolizey shaklida yaratilgan katta amfiteatr ham hech kimni befarq qoldirmaydi. Xavotir olmang, bu yerda siz gladiatorlar jangini ko‘rmaysiz, lekin kutilayotgan hodisalar sizni lol qoldirishi tayin.
Asosiysi esa, parkda chiroyli fotosuratlar olishingiz mumkin.
Park yangiliklarini Instagramdagi rasmiy sahifada kuzatib boring: instagram.com/magiccityuz
Manzil: Toshkent, Bobur ko‘chasi, 174-uy. Mo‘ljal: Beshyog‘och.
Rasmiy sayt: magiccity.uz
Reklama huquqi asosida