Koronavirus: Kunlik holatlar 300ga yaqin, yana bir bemor vafot etdi

O‘zbekiston 10:08 / 27.05.2021 13294

«2021 yil 26 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 99344 (+280) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 4 nafari Andijon viloyatida,
  • 1 nafari Buxoro viloyatida,
  • 5 nafari Jizzax viloyatida,
  • 8 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 46 nafari Samarqand viloyatida,
  • 7 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 13 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 9 nafari Xorazm viloyatida,
  • 59 nafari Toshkent viloyatida,
  • 110 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 4 nafar,
  • Jizzax viloyatida 8 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 4 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Namangan viloyatida 4 nafar,
  • Samarqand viloyatida 40 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 17 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 3 nafar,
  • Xorazm viloyatida 7 nafar,
  • Toshkent viloyatida 57 nafar,
  • Toshkent shahrida 122 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 94952 (+269) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 685 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3707 nafar bemor davolanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: