Koronavirus: Kunlik holatlar soni 200dan oshiq, yana ikki bemor vafot etdi

O‘zbekiston 10:09 / 26.05.2021 13300

«2021 yil 25 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 99064 (+215) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 1 nafari Andijon viloyatida,
  • 1 nafari Buxoro viloyatida,
  • 3 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 46 nafari Samarqand viloyatida,
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 4 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 38 nafari Toshkent viloyatida,
  • 104 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 nafar,
  • Buxoro viloyatida 5 nafar,
  • Jizzax viloyatida 4 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
  • Navoiy viloyatida 3 nafar,
  • Namangan viloyatida 3 nafar,
  • Samarqand viloyatida 34 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 5 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 2 nafar,
  • Toshkent viloyatida 28 nafar,
  • Toshkent shahrida 201 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 94683 (+298) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 684 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3697 nafar bemor davolanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: