Yevrokengash Belarus aviakompaniyalariga Yevroittifoqqa parvoz qilishni taqiqladi

Foto: ria.ru
Yevropa kengashi Ryanair samolyotining Belarusga majburan qo‘ndirilgani va muxolif jurnalist Roman Protasevich hamda uning tanishi Sofiya Sapega hibsga olinganini qoralaydi. Bu haqda Yevropa kengashi sammiti yakunlari bo‘yicha bayonotda aytilgan.
Yevropa kengashi YeIdan bo‘lgan aviakompaniyalarni Belarus hududi bo‘ylab parvozlardan voz kechishga chaqirdi, shuningdek, YeIga a'zo davlatlar hukumatlariga Belarus aviakompaniyalarining Yevroittifoqqa parvozlarini taqiqlash va Belarus hokimiyatiga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.
Bundan tashqari, Yevrokengash Protasevich va Sapeganing zudlik bilan ozod qilinishi hamda Ryanair samolyotining majburiy ravishda qo‘nishi holati Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilishini talab qildi.
23 may kuni Belarus hukumati Ryanair aviakompaniyasi reysi ekipajini Afinadan Vilnyusga parvoz qilgan samolyotni Minskka qo‘ndirishga majbur qildi. Qo‘nish jarayonidan keyin reysning ikki yo‘lovchisi - Roman Protasevich va Sofiya Sapega hibsga olingan.
Belarus hukumati Minsk aeroportiga Falastinning HAMAS harakati nomidan yuborilgan, Ryanair reysi bortida bomba borligi haqida xabar kelib tushganini ma'lum qildi. HAMAS bu xabarga aloqasi yo‘qligini bildirdi.
Ryanair reysi favqulodda qo‘ndirilganidan so‘ng, Yevropa davlatlari Belarusdan parvozlarni qabul qilishni rad etishni, Yevropa aviakompaniyalari esa Belarus havo hududini kesib o‘tishdan bosh torta boshladi.
Belarusda Protasevichga qarshi bir nechta jinoiy ish, shu jumladan ommaviy tartibsizliklarni tashkil qilish bo‘yicha qo‘zg‘atilgan. 24 may kuni Belarusning hukumatga yaqin telegram-kanali Protasevich aybiga iqror bo‘lgani aks etgan videoni e'lon qildi.
Mavzuga oid

10:14 / 01.05.2025
Belarusda qo‘lga olingan AQSh fuqarosi Zenkovich ozod etildi

10:00 / 30.04.2025
Putin Belarusning dronlar uchun zavod qurishga tayyorligini ma’lum qildi

23:52 / 09.04.2025
Estoniya prezidenti Rossiya va Belarus fuqarolarining mahalliy saylovlarda ovoz berishini taqiqlovchi qonunni tasdiqladi

11:35 / 09.04.2025